doniyor.docx - I.KIRISH Erkin bozor munosabatlari taraqqiy...

This preview shows page 1 - 3 out of 17 pages.

I.KIRISH Erkin bozor munosabatlari taraqqiy topgan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlardagi singari mustaqil O'zbekiston Respublikasida ham 1992-yilda Standartlashtirish va metrologiya Davlat qo'mitasi tashkil etildi. Shu munosabat bilan O'zbekiston Davlat standartlashtirish, metrologiya va milliy sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat yurita boshladi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad ichki va tashqi bozorlar uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar hamda korxonalarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini standart talablariga mos kelishini nazorat qilishdir. Bozor munosabatlari sharoitida ish lab chiqarilayotgan mahsulot sog'lom raqobatning yuzaga kelishi va shu asosda xalq xo'jaligini rivojlantirishga zamin hozirlaydi. Hozirgi kundagi asosiy vazifalardan biri bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishda bemalol -qo'llay oladigan, raqobatbardosh va jahon standartlari talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Buning uchun o'quv jarayonini takomillashtirish, o'qitishning yangi zamonaviy uslublaridankeng foydalanish maqsadga muvofiqdir. «Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari» fanidan yaratilgan o'quv qo'lIanma metrologiya, standartlashtirish bo'yicha ilmiy tekshirish instituti ishlab chiqqan o'quv-uslubiy materiallar asosida yaratildi. Qo'llanmada standartlashtirishning nazariy va uslubiy asosi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tekshirish va uning nazorati, davlat standartlashtirish tizimi, standartlarning iqtisodiy samarasi
hisobi, sertifikatlashtirish atamalarining O'zRDS 5.0.92 ga mos kelishi, sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini klassifikatsiyalash, kodlashtirish va boshqa masalalar o'rganiladi. mahsuiotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asos' nazariy va amaliy asoslarini o'rganish tufayli sanoat mahsulollarining sifat ko'rsatkichlarini boshqarish tizimiga kata e'tibor qaratiladi. Yuqoridagi vazifalami hal etish uchun o'quv jarayonini takomillashtirish, o'qitishning interaktiv usullaridan keng foydalanish, imkon darajasida o'quv jarayoniga yangi zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish dolzarb vazifalardan biri bo'lib qolmoqda, Mazkur o'quv qo'llanmada O'zbekiston Respublikasining II.Asosiy qism 2.1Xalqaro standartlashtirish tizimi O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, bozor munosabatlariga o'tish davrining dastlabki yiUarida mahsulotlar ta'minotining noritmikligi hamda ularning sifati talab darajasida emasligi hollari kuzatildi. Bu paytda mahsulotga bo'lgan talab uning yuqori sifatliligida emas, balki uni iste'mol darajasida yetarlicha sotib olish zaruriyatidan kelib chiqqan edi. Bu esa mahsulot ishlab chiqaruvchilar va mahsulotga ega bo'lgan mulkdorlar monopoliyasi paydo bo'lishiga, ichki bozorda mahsulotning qimmatlashuvi hamda arzon va sifatsiz chet el mahsulotlari bilan to"ldirilishiga olib keldi.

  • Left Quote Icon

    Student Picture

  • Left Quote Icon

    Student Picture

  • Left Quote Icon

    Student Picture