Xalqaro korporatsiyalar faoliyati orqali

This preview shows page 6 - 9 out of 11 pages.

Xalqaro korporatsiyalar faoliyati orqali iqtisodiyotda quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
Glaballashuv sharoitida transmilliy korparatsiyalarishlab chiqarishning yirik hajmi va ko’lami hisobiga mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatlarni kamaytirish; ishlab chiqarishning samarali tashkil etilishi hisobiga mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvni yanada chuqurlashtirish; tashqi muhit o’zgarishlariga tezda moslashish;xorijiy bo’linmalar orqali ular joylashgan mamlakatlardagi bozorlar holatining va mahsulotlarga bo’lgan talab darajasining o’zgarishiga tegishli ma’lumotlarni to’plash hamda tahlil etib borish; jahon bozoridagi talabning o’zgarishiga muvofiq strategik loyihalarni amalga oshirish. Agar kompaniya jahon bozorlarida faoliyat yuritishning quyidagi talablarini kompleks tarzda hisobga olsa, xalqaro korporatsiyalarning strategiyasi global bo’lib hisoblanadi: raqobat va bozorlarning umumjahon holatini doimiy muhokama qilish; o’zining raqobatchilarini va global raqobat kurashida faoliyat yuritish usullarini yaxshi bilishi; o’z faoliyatini umumjahon yoki yirik mintaqaviy ko’lamda amalga oshirishi;o’z foydasining ma’lum qismini ilmiy tadqiqot ishlariga yo’naltirishi va yuqori texnologiyali tarmoqlarda faoliyat ko’rsatishi; tez moslashuvchan axborot, ishlab chiqarish, moliyaviy texnologiyalar yordamida o’z faoliyatini muvofiqlashtirishi; o’zining korxona va ishlab chiqarish filiallarini yagona xalqaro boshqaruv tarmog’iga birlashtirish va boshqa transmilliy korporatsiyalar bilan o’zaro yaqin aloqalar o’rnatishi.Hozirgi davrda xalqaro korporatsiyalar faoliyati rivojlanishiga xos bo’lgan asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: jahon bozoridagi talabning o’zgarishiga tezda moslashishi;umumjahon global strategiyasi doirasida faoliyat ko’rsatib jahon bozorining barcha tarkibiy qismlariga ta’sir o’tkazish imkoniga egaligi;ishlab chiqarishning global omillaridan keng tarzda foydalanishi; xalqaro korporatsiyalar deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida xalqaro ishlab chiqarishning global tizimini yarata olishganligi Transmilliy korparatsiyalarning jahon iqtisodiyoti glaballashuvidagi o’rni.Jahon xo’jaligida ro’y berayotgan iqtisodiy jarayonlarning ob’ektiv natijasiga ko’ra vujudga kelgan transmilliy korporatsiyalar o’ziga xos hususiyatga ega. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar xalqaro mehnat taqsimotining faol ishtirokchisi bo’lib, uning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar, xalqaro moliyaviy markazlar faoliyati doirasining kengayib borishi davlatlar iqtisodiy rivojlanishida sezilarli rol o’ynamoqda. Transmilliy korporatsiya deganda xorijiy aktivlarga va xalqaro miqyosda iqtisodiyotning biror-bir sohasiga kuchli ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lgan yirik ishlab chiqarish birlashmalari tushuniladi. 4
Glaballashuv sharoitida transmilliy korparatsiyalarTransmilliy kor

  • Left Quote Icon

    Student Picture

  • Left Quote Icon

    Student Picture

  • Left Quote Icon

    Student Picture